Xalilzod tvitterdagi sahifasida Afğonistondagi xurujlardan mamnun emasliklarini va ba'zi tadbirlarni qayta taşkil qilişlarini ta'kidlagan.
«Toliblar va general Miller bilan ötkazilgan bir neça muzokaralardan söng biz AQŞ- «Tolibon» örtasidagi kelişuvning barça elementlariga va şu nuqtayi nazardan berilgan barça va'dalarga rioya qilgan holda öz faoliyatimizni qayta taşkil etişga kelişib oldik», degan u.
Xalilzod AQŞning Afğonistondagi operatsiyalari sonining körib çiqilayotgan tartibga muvofiq kamaytirilişi haqida gapirgan.
«Hozir Afğonistonda köplab odamlar halok bölmoqda. Uşbu yangi tartibga köra, biz bu son sezilarli darajada kamayişini kutmoqdamiz.
Sönggi haftalarda tinçlik jarayoniga tahdid soladigan hujumlar soni köpaymoqda. Bu esa afğon xalqi, mintaqaviy va xalqaro tarafdorlarni xavotirga solmoqda. Biz bu tinçlik jarayoniga öz hissamizni qöşamiz va kelişuv ijrosini faol kuzatib boramiz. Barça tomonlar öz zimmalaridagi mas'uliyatni bajarişlari kerak. Xalqaro şeriklarimizga ularning qöllab-quvvatlaşi va yordami uçun minnatdorlik bildiraman» degan u.
Afğoniston tinçlik muzokaralari haqida
AQŞ birinçi marta Barak Obama prezidentligi davrida Afğonistonda tinçlik örnatiş uçun «Tolibon» va Afğoniston hukumati örtasida muzokaralar ötkazişga uringandi. 2011, 2012 va 2013 yillardagi urinişlar muvaffaqiyatsiz tugagan.
2016 yilda Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylanganidan söng muzokaralar yana kun tartibiga keldi. AQŞ va «Tolibon» vakillari 2019 yil 25 fevralda Qatar poytaxti Dohada tinçlik muzokaralari uçun birinçi marta uçraşdi.
Zalmay Xalilzod 2019 yil sentabr oyida tomonlar örtasida kelişuvga erişilgani va kelişuv prezidentning ma'qullaşini kutayotganini e'lon qildi. Biroq, xuddi şu kunlarda Kobuldagi teraktda AQŞ askari halok bölganidan söng, Tramp kelişuvni keyinga qoldirgandi.
2019 yil dekabrida AQŞ va «Tolibon» örtasida qayta boşlangan muzokaralar natijasida «zöravonlikni kamaytiriş» deb nomlangan sulh bitimi qabul qilindi. 2020 yil 22 fevralda boşlangan 7 kunlik muddat oxirida 29 fevral kuni tinçlik şartnomasi imzolangan edi.












