Funlandia - bu 2.500 m2 maydonda joylashgan eng yirik oilaviy-ko‘ngilochar markazdir. Bu markaz 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Yangi, noyob formatdagi loyihani birinchilardan bo‘lib ko‘rishga shoshiling. Bu yerda Sizni 60 ta o‘yin avtomatlari, video simulyator, 3VR o‘yinlar, ajoyib attraksionlar, cho‘qqini zabt etish o‘yingohi, arqonlar parki, batut hududiga ega bo‘lgan ulkan zal hamda fud-kort hududida «Pizza Hot» kafesi kutmoqda.

Ko‘ngilochar o‘yinlarning turfaligi ota-onalar do‘konlarda o‘zlari yoqtirgan mahsulotlar xaridlari bilan ovora bo‘lgan paytda bolalarga maza qilib o‘ynash, unutilmas taassurotlar olish imkonini beradi.

Virtual reallik

3VR hudud – sizga virtual reallikka maksimal darajada sho‘ng‘ishni tavsiya qilamiz.  Optik treking tizimi sizning harakatlaringizni o‘yinga ko‘chirib o‘tqazadi, ulkan o‘yin maydoni esa harakat erkinligini his etishga zamin yaratadi.

Vibratsion platformlar, issiqlik va shamol generatorlari, uchish apparatlari virtual reallikni to‘liq his qilishni yanada to‘ldiradi. Virtual reallik - bu illyuziya, lekin siz olamga sho‘ng‘ir ekansiz, bu haqda unutasiz.

Cho‘qqini zabt etish o‘yingohi – Skalodrom

Skalodrom – o‘z ommabopligini saqlab qolayotgan ko‘ngilochar o‘yin. «Skalodrom» attraksioni -  oilaviy va individual dam olishda qo‘l keluvchi ko‘ngil ochish majmuasidir. Devorning maksimal balandligi 6 metr. Eng muhimi – bu xavfsiz! Farzandingizni cho‘qqilarni zabt etish sari bemalol yo‘llashingiz mumkin.

Arqonlar parki

5 metr balandlikdagi attraksionlar kompleksi. Parkka kirgan har bir kishi o‘zini cho‘qqilarni zabt etuvchi alpinistlardek, yoki shunchaki chaqqon odamdek his qilishi mumkin.

Batut xududi