Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston O‘zbekiston bilan birgalikda atlas va adras ishlab chiqarmoqchi
Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi «Atlasi Xo‘jand» mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqanddagi «Kumush-Sola» korxonasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish niyatida, deb xabar bermoqda Asia-Plus So‘g‘d ma’muriyatiga tayangan holda.
Qo‘shma korxona «Samarqand-So‘g‘d-Silk» deb nomlanadi va hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Korxonaning tashkil etilishiga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, joriy yilning besh oyida «Atlasi Xo‘jand»da 20 ming metr atlas va adras ishlab chiqarilgan. Oxirgi ikki oy ichida 12 tadan ortiq yangi atlaslar taqdim etilgan.
So‘g‘d ma’muriyati eslatishicha, 2022 yil 18 martdan boshlab ushbu matolar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar barcha turdagi soliqlardan ozod etilgan hamda faqat ijtimoiy soliqlar va jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ini to‘laydi. Tashabbus sanoatning ushbu turini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan.
Atlas va adras o‘zbek hamda tojik milliy libosining ajralmas qismi bo‘lib, ular nafaqat mahalliy aholi, balki xorijliklar orasida ham katta talabga ega.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024