Amerikaning OpenAI kompaniyasi 21 oktabr kuni bölib ötgan taqdimot çoğida sun’iy intellekt asosida yaratilgan ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi.
Kompaniyaning ma’lum qilişiça, brauzer ChatGPT yordamida turli masalalarni hal qiliş imkonini beradi. Kontentni umumlaştiriş, mahsulotlarni taqqoslaş yoki ma’lumotlarni tahlil qiliş uçun yon paneldan istalgan internet sahifasida çat-botni çaqiriş mumkin. Şuningdek, hujjatlarda, elektron poçta xabarlarida yoki taqvimdagi taklifnomalarda alohida sözlarni belgilaganda çat-bot paydo böladi.
OpenAI agent rejimida ChatGPT xaridlarni amalga oşirişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Reuters agentligi avvalroq brauzer, jumladan, restoranlardagi stollarni band qilişi va saytlardagi şakllarni avtomatik ravişda töldirişi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
ChatGPT Atlas brauzerini macOS tizimida allaqaçon yuklab oliş mumkin va tez orada uning Windows, iOS va Android uçun versiyalari paydo böladi.
Sun’iy intellekt örnatilgan bir neçta brauzerlar allaqaçon mavjud, deb yozdi The Verge. Masalan, Google kompaniyasi Gemini çat-botini Chrome brauzeriga örnatgan, Perplexity özining Comet AI brauzeriga ega va Microsoft özining Edge brauzeriga sun’iy intellektga asoslangan Copilot rejimini birlaştirgan.

















