Koronavirusga qarşi qöllanuvçi bir qator dori vositalari koronavirusdan ölim darajasining pasayişiga ta'sir qilmaydi va öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalariga ulangan bemorlar sonini kamaytirmaydi. Bu dorilar orasida remdesivir va gidroksixloroxin ham bor. Bu haqda JSST ma'lum qildi.

“Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va interferon qöllangan davolaş sxemalari şifoxonadagi kasallarning ölim darajasiga deyarli ta'sir qilmaydi”, - deyilgan JSST xabarida.

Bunday natijalar JSSTning “Birdamlik” (Solidarity) deb nomlangan tadqiqoti davomida olingan va hozirça ular böyiça rasmiy hisobot hali e'lon qilinmagan. 6 oydan ortiq davom etgan tadqiqotda dunyoning 30dan ortiq davlati qatnaşgan, tasodifiy tanlanişga va platsebo effekti nazorat qilingan klinik sinovlarga 11 mingdan ortiq bemor jalb etilgan.

Financial Times'ning qayd etişiça, JSSTning bu xulosasi koronavirusga qarşi qöllanuvçi öz samarasini isbotlagan yagona vosita deksametazon bölişi mumkinligidan darak bermoqda.