Unda jurnalistlar tomonidan Freedom House nodavlat taşkilotining internetdagi erkinlikka doir «Freedom on the Net 2020» an'anaviy hisoboti taqdim etilgani va uşbu reytingda Özbekiston oxirgi önlikdan joy olgani ta'kidlandi hamda BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşiga a'zo böliş Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaş borasida qanday ahamiyatga ega ekanligi borasida savol bilan murojaat qilindi.

Savol yuzasidan Oliy Majlis Senati raisi örinbosari Sodiq Safoyev fikr bildirdi. U bu borada Özbekistonda bölayotgan özgarişlarni har xil baholaş mumkinligini ta'kidladi.

«Özbekistonga eng tanqidiy munosabatda bölgan tanqidçilar va kuzatuvçilarning fikriça, bizda oxirgi 4 yilda OAVning tutgan örni batamom özgardi. Buni inkor qiliş mumkin emas. Bugungi kunda jurnalistlar, blogerlar kötargan mavzular yuzasidan amaldorlar çoralar körişyapti, hukumat kerak bölsa qarorlar qabul qilyapti. Agar bugun joylarda biron masala kötarilsa, öşa zahotiyoq mahalliy hokimliklar va taşkilotlar munosabat bildiryapti, hal qilişga harakat qilişyapti. 

Lekin tan olib aytişimiz kerakki, oldingi davrning inersiyasi hali ham mentalitetimizda saqlanib turibdi. Prezident öz nutqlarida OAV erkinligi haqida tez-tez ta'kidlaydi. «Agar biron rahbar OAV bilan işlaşni istamasa, biz öşa rahbar bilan xayrlaşamiz», degan fikrlarni takrorlaydi. 

Freedom House tomonidan Özbekistonda internet erkinligi borasidagi baholari böyiça aniq faktlar mas'ul taşkilotlarga taqdim etilsa, bu borada qat'iy çoralar köriladi. Özbekistonda söz erkinligi, OAV rolini oşirişga bölgan siyosiy iroda qat'iy va buni hammamiz muhim ekanligini tuşunamiz. Barça davlat taşkilotlari bu borada jiddiy işlaşimiz kerak. Bu juda jiddiy masala», – deya Sodiq Safoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq, Freedom House nodavlat taşkiloti internetdagi erkinlikka doir Freedom on the Net 2020 an'anaviy hisobotini taqdim etgandi. Unda Özbekiston internet erkin bölmagan mamlakatlar röyxatida qayd etilgan.

Tadqiqotçilar özbek internet-mediasidagi senzuraga töxtalib, holatni 4 balldan 1 ballga baholagan. Sardoba fojiasiga davlat televideniyesining munosabatini radioefirda tanqid qilgan ikki jurnalist işdan böşatilgani, texnogen ofat haqida Facebook'da yozgan ÖzA jurnalisti ham işdan böşagani, Telegram kanalida Sardoba haqida yozgan bloger AOKAdan unga qönğiroq bölganini aytgani, Facebook yuzerlaridan biri mansabdorni haqoratlagani uçun 10 sutkaga qamab qöyilgani kabi önga yaqin voqealar sanab çiqilgan.