Armaniston Toğli Qoraboğdagi harbiy amaliyotlar çoğida Ozarboyjonning tinç aholisi, jumladan, bolalarni öldirişda davom etmoqda. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu özining Twitter sahifasida yozdi.

 U Yerevanni harbiy jinoyatlarda aybladi va Anqara uşbu nizoda har doim Boku tarafida bölişini ta'kidladi.

«Bu yovuzlik töğrisida jim turiş uşbu qotilliklarda qatnaşişni anglatadi. Insoniylikka ega bölmaganlar bu jinoyatlari badalini tölaydi», — dedi u.

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi (TQR) qurolli kuçlari tomonidan Ganji şahrining öqqa tutilişi oqibatida önlab tinç aholi vakillari halok bölganini bildirgandi.

Yerevan va TQR Bokuning bu ayblovlarini rad etib kelmoqda. 

 Toğli Qoraboğdagi qurolli töqnaşuvlar 27 sentyabrda boşlandi. Uşbu hudud borasida 30 yildan buyon bahslaşayotgan Armaniston va Ozarboyjon töqnaşuvlar boşlanişida bir-birini ayblamoqda.

 Oradan ikki hafta ötgaç, 9 oktabr kuni ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari Moskvada muzokara ötkazdi.

 10 oktabr kuni sulh tuzilganligi e'lon qilindi, ammo tomonlar bir-birini öt oçişni töxtatiş rejimini buzişda ayblab kelmoqda.