Uçraşuvda hisobni Mane oçgan bölsa, Kin boş bilan yöllangan zarba bilan hisobni tenglaştirdi. 72-daqiqada Saloh mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, 81-daqiqada esa Kelvert-Lyuin ketma-ket 5-öyinidagi golini kiritib, hisobni 2:2 körinişga olib keldi.

88-daqiqada Rişarlison Tyagoga nisbatan işlatgan qöpolligi uçun maydondan çetlatilgaç, 90+2-daqiqada Henderson gol urib Klopp jamoasiga ğalaba keltirgandi, göyo. Ammo VAR tizimi bu vaziyatda ofsayd holatini qayd etdi. Natijada bahs jangovar 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Ançelotti jamoasi 13 oçko bilan 1-örinda qolgan bölsa, Klopp şogirdlari 10 oçko bilan hozirça 2-öringa çiqib olişdi.

APL. 5-tur. 17 oktabr 
Everton – Liverpul 2:2
Gollar: 0:1 – 3 Mane, 1:1 – 19 Kin, 1:2 – 72 Saloh, 2:2 – 81 Kelvert-Lyuin, 2:3 – 81
Everton – Pikford, Din, Mina, Koulmen (Godfri, 31), Kin, Andre Gomeş (Sigurdsson, 72), Dukure (Ivobi, 78), Allan, Xames, Rişarlison, Kelvert-Lyuin.
Liverpul – Adrian, van Deyk (Gomes, 11), Aleksander-Arnold, Matip, Roberson, Fabino, Henderson, Mane, Tiago Alkantara, Saloh, Firmino (Diogu Jota, 78).
Ogohlantirişlar: Xames (45), Mane (67), Andre Gomeş (69), Fabino (84), Allan (84).
Çetlatiş: Rişarlison (88).