9-10 oktabr kunlari Toşkentda, sobiq TAPOiÇ zavodi hududida AKFA kompaniyalar guruhining yangi yönalişi – AKFA Build'ning taqdimoti bölib ötdi. Uşbu tadbir yuqori texnologiyali va arzon narxlardagi yaxlit quriliş yeçimlarini taqdim etişga qaratilgan edi. Tadbirda quriliş sohasi mutaxassislari, xorijiy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.

Taqdimot davomida AKFA kompaniyalar guruhi boş direktorining örinbosari Kamran Ğulomov kompaniya tarixi, yönalişni rivojlantiriş maqsadlari va rejalari töğrisida söz yuritdi va metall konstruksiyalar, modulli uylar, köp qavatli avtomatik avtoturargohlar kabi yangi mahsulotlar, şuningdek, agrosanoat sohalariga oid yeçimlarni e'lon qildi.
Modulli uylar nima?

Modulli uylar – bu fabrikada işlab çiqariladigan va tugallangan şaklda yiğiş joyiga yetkazib beriladigan alohida bölimlardan iborat yiğma inşootlar. Aslida, modulli uyni yiğiş jarayoni konstruktorni yiğişga öxşaydi. Modulli uylarning asosini yupqa devorli yengil pölat konstruksiyasi (LSTK) taşkil etadi.

Tuzilişning yengilligi tufayli qimmat oğir poydevor talab qilinmaydi, quriliş qiymati ğiştli uylarga nisbatan 40 foizga kamayadi. Bundan taşqari, agar zaruriyat tuğilsa, modulli uylarni osongina özgartiriş va yaşaş maydonini kengaytiriş mumkin.
Avtoturargoh yetişmasligi muammosini hal qiliş

Taqdimotda ta'kidlanişiça, mamlakatda avtoulovlar sonining köpayişi munosabati bilan töxtaş joyi masalasi dolzarb bölib turibdi. AKFA Build köp qavatli avtomatlaştirilgan pazl (puzzle) tipidagi avtoturargohlarini quriş orqali uşbu muammoni hal qilişning ideal yeçimini taklif etadi. AKFA Build tomonidan işlab çiqarilgan avtomatlaştirilgan avtoturargohlar megapolislarda ayni damda dolzarb bölib turgan avtomobillarga möljallangan töxtaş joylarini tejaşga imkon beradi. Noyob texnologiya tufayli siz töxtaş joyini 4 barobar tejaşingiz mumkin.
Taqdimotning ikkinçi qismida tadbir mehmonlariga: gazbeton, PIR va bazalt vatasi bilan töldirilgan sendviç panellar hamda yonmaydigan kompozit panellar kabi mahsulotlar taqdim etildi.















