Jahon | 10:07 / 19.10.2020
3178
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy iqtisodiyoti pandemiya davridagi inqirozdan so‘ng yana o‘sishni boshladi

Xitoy iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan tiklanishni davom ettirmoqda - iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan uch oy davomida iqtisod 4,9 foiz ko‘tarilgan.

Foto: Alamy stock

Dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiga ega bo‘lgan Xitoy karantin davomida eng ko‘p zarar ko‘rgandi.

2020 yilning uchinchi choragi so‘ngida Xitoy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) ko‘rsatkichlari asta-sekin ko‘tarilmoqda. Biroq o‘sish iqtisodchilar kutganidek 5,2 foizni tashkil qilmagan.

Joriy yilning dastlabki uch oyida Xitoy iqtisodiyoti butun mamlakat bo‘ylab fabrikalar va ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtab qolishi sababli 6,8 foizga pasayib ketgandi. Bu 1992 yildan beri qayd etilgan birinchi iqtisodiy pasayish hisoblanadi.

Dushanba kuni e'lon qilingan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Xitoyning iqtisodiy tiklanishi tez sur'atlarda qayta tiklanmoqda. Uchinchi chorakda chakana savdo hajmi 0,9 foizga o‘sgan. Shuningdek,  sentabr oyidagi savdo ko‘rsatkichlari, o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan eksport 9,9 foizga, import esa 13,2 foizga o‘sgan holda kuchli tiklanishni ko‘rsatgan. 

Xitoy hukumati bu yil koronavirusdan zarar ko‘rgan iqtisodiyotni tiklash va bandlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Keng miqyosdagi sayohat cheklovlari iqtisodiy faoliyatni to‘sib qo‘ygandan so‘ng, Markaziy bank shu yil boshida siyosatni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirgan.

Bosh vazir Li Ketsyan shu oyning boshida Xitoy yillik iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun mashaqqatli harakatlarni amalga oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar