Ispaniya hukumati koronavirusga çalinganlar soni kun sayin ortib borayotgani tufayli ba'zi hududlarda komendantlik soati joriy etiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Ispaniya Soğliqni saqlaş vazirligi hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi böyiça eng yomon bölgan mintaqalarda, jumladan, poytaxt Madridda ham karantinni kuçaytirişni rejalaştirgan. Ayrim hududlarda komendantlik soati joriy etilişi ham mumkin. Bu mahalliy darajada körib çiqiladi, ammo qarorlarsiz hukumat harakat qila olmaydi.
Komendantlik soati joriy etiş uçun favqulodda holat holatini qaytariş talab etiladi. Bu qaror qabul qilinişi kerak bölgan parlamentda esa partiyalar örtasida kelişmovçiliklar avj olgan.
Ispaniyada 20 oktabr kuni 13,8 mingdan ortiq yangi kasallaniş holati qayd etilgan. Yoz davomida vaziyat barqaror bölib turgandi, sönggi haftalarda esa kunlik holatlar soni muttasil ravişda ösmoqda.
Eslatib ötamiz, Ispaniyada koronavirus tufayli butun provinsiyalar alohidalangan. Pandemiya boşidan buyon 650 mingdan ortiq aholiga ega bölgan Navarrada 25,8 mingdan ortiq kasallaniş holati aniqlangan.
Şuningdek, sayyohlar orasida maşhur bölgan Ibitsada koronavirus tufayli çeklovlar örnatilgan.












