Yaqinda «Özmilliybank»ning Visa International xalqaro tölov tizimi bilan komissiyasiz Visa Direct ötkazmalari böyiça qöşma aksiyasi yakunlangan edi. Biroq bank Visa bilan hamkorlikda navbatdagi sovrinli qöşma aksiyani boşlab yubordi.

Yangi aksiya «Özmilliybank»ning Visa kartalari egalari örtasida 2020 yil 15 oktabrdan 2021 yil 31 martgaça ötkaziladi. Unda Visa tölov kartalarining barça turlari jalb qilingan – Virtual, Classic, Gold, Platinum, Milliy Bank-MAK Visa Gold kobrend kartasi, Milliy Bank-MAK Visa Platinum kartasi, Infinite.

Aksiyaning har oylik öyinlarida iştirok etiş uçun karta egalari 10 va undan ortiq AQŞ dollari miqdoridagi qiymatda tranzaksiyalarni amalga oşirişi kerak. Bu savdo-servis korxonalari terminallarida yoki internet tarmoğida tovarlar/xizmatlar uçun tölovlar, boşqa bankka Visa Direct servisi yordamida ötkazmalar bölişi mumkin. Aksiyada bankomatlar va terminallar orqali naqd pul mablağlarining konversiyalari va yeçib olinişlari böyiça tranzaksiyalar hisobga olinmaydi. Aksiya ğoliblari random.org servisi yordamida aniqlanadi.

Oraliq aksiyalarda quyidagi sovrinlar öynaladi:

  • 1-örin - elektromoped;
  • 2-örin - elektrovelosiped;
  • 3-örin - sportzalga abonement;
  • 4-örin - velosiped;
  • 5-örin - giroskuter.

Aksiya ötkaziş davrining yakunida boş sovrin – elektromobil öynaladi. Aksiya boşlanişidan boşlab 100 va undan ortiq AQŞ dollari qiymatida tranzaksiyalarni amalga oşirgan Özmilliybank Visa kartalarining egalari öyin iştirokçisi böladi.

Aksiyani tayyorlaşda va sovrinlarni tanlaşda siyqasi çiqqan noutbuklar, planşetlar va smartfonlardan biroz çetlaşişni istadik. XXI asr uçun soğlom turmuş tarzi mavzusi sözsiz dolzarb hisoblanadi, çunki ekologiya yomonlaşişi tendensiyalari, zamonaviy turmuşning sur'atlari odamlarning salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi. Şuning uçun hozirgi kunda mamlakat aholisini va ayniqsa yoşlarni sport bilan şuğullanişga qiziqtiriş, soğlom turmuş tarzini tarğibot qiliş, ekologik madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qiliş juda muhim hisoblanadi.

Şunday qilib, ekologiyani saqlaş, sportni va soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaşga özimizning katta bölmasada öz hissamizni qöşiş ğoyasi tuğildi. Yuqorida sanab ötilganlarning bir timsoli sifatida ajoyib mukofotlar bilan «Yaşil aksiya» paydo böldi.

«Özmilliybank» barçani aksiyada iştirok etişga taklif qiladi va omad tilaydi!