Inspeksiyaning xabar berişiça, reyting tuziş uçun 2019 yil 3 oktyabrdan 18 dekabrgaça barça tuman va şaharlarning 992ta umumta'lim muassasalarida, 10 mingga yaqin maktabning 10 foizida nazorat işlari va ijtimoiy sörovnomalar ötkazilgan.
Mahalliy va xalqaro tajribalar, mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida maktablar reytingini tuziş uçun 4ta körsatkiç asosiy mezon sifatida qabul qilingan:
- bitiruvçi öquvçilarning (11-sinf) umumta'lim fanlari böyiça ta'limiy tayyorgarlik darajasi va sifat körsatkiçi (35 ball);
- 9-sinf öquvçilarining bilim darajasi (25 ball);
- oliy va birinçi toifali öqituvçilar uluşi (20 ball);
- umumta'lim muassasasining öquvçilari va pedagog jamoasi örtasida ötkaziladigan sörovnoma natijalari (20 ball).
Reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi öquvçilar bilim darajasini aks ettiradi.

“Bu indikatorlar asosida2020 yil 1 iyul holatiga maktablarning reyting natijalari tayyorlandi. Hududlar reytingida eng yuqori örinlarniBuxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallagan bölsa, quyi örinlarda Sirdaryo, Toşkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari qayd etildi”, - deb yozmoqda Ta'lim inspeksiyasi.

Reytingda 11-sinf bitiruvçilarining öqişga kiriş körsatkiçlari böyiça Toşkent şahri (10,2%), Navoiy (10,2%), Qoraqalpoğiston Respublikasi (10,4%), Farğona (10,7%) va Buxoro (16,5%) viloyatlari peşqadam bölgan.

“Bu yil 10 foiz maktab böyiça reyting tuzilgan bölsa, kelasi yillarda optik tolali internet tarmoğiga ulangan maktablar soni oşib borişi hisobiga zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan unumli foydalangan holda mazkur reytingga 100 foiz maktablarni qamrab oliş rejalaştirilgan”, - deyiladi Ta'lim inspeksiyasi xabarida.



















