21 oktabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi koronavirusga qarşi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini Özbekistonda taşkil etiş masalasi böyiça Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Mazkur kompaniya tomonidan işlab çiqilgan va hozirda klinik sinovda ötayotgan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili bölib, u adenovirus hamda inaktivlaşgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarşi antitanaçalar işlab çiqaradi.
Muzokaralar davomida ötkaziladigan klinik sinovlarning barça bosqiçlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Özbekiston uşbu vaksinani birinçilardan bölib hamda arzon narxlarda xarid qilişda ustuvorlikka ega bölişi ta'kidlandi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlaş jarayonini taşkil etiş, jarayonga tayyorgarlik köriş masalalarini muhokama qildi. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoşdagi köngilli insonlarda ötkazilişi kutilmoqda. Sinov boşlanişidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlaş şartlarini tuşuntirişga qaratilgan bir qator treninglar ötkaziladi.











