25 oktyabrda Xitoyning Xebey viloyatidan Toşkentga birinçi muntazam xalqaro yuk poyezdi “Gaoi-Xorgos-Toşkent” yetib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Xitoyning “Jenmin jibao” naşri xabar berdi.  

Poyezd  “Ibo” xoldingining Şitszyaçjun şahrida joylaşgan “aqlli” portidan 12 oktyabrda jönagan.  

50 ta vagondan iborat poyezd Toşkentga umumiy qiymati 30 mln yuanni taşkil qiluvçi yukni, jumladan tibbiy vositalar, velosipedlar, avtomobil ehtiyot qismlari, sanoat qurilmalari uçun detallarni keltiradi. 

Endilikda Şitszyaçjundagi portdan har oy Xitoy-Yevropa (Markaziy Osiyo) yönalişida kamida 12 ta poyezd jönatiladi. 

Xitoy provinsiyasidan muntazam reyslarning yölga qöyilişi Yevropa va Osiyoga Xebeyda işlab çiqarilgan tovarlar yetkazilişi hajmini oşirişga imkon beradi.