«Aholi bandligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni e'lon qilindi. Şu asosda 1998 yil 1 mayda qabul qilingan «Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida»gi qonun öz kuçini yöqotadi.

Yangi qonun bilan respublikada işsizlik nafaqasi miqdori quyidagiça oşiriladi:

  • işdan va iş haqidan sönggi 12 oylik davr içida mahrum bölgan şaxslarga – avvalgi iş joyidagi örtaça oylik iş haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (679 330 söm)dan oz bölmagan miqdorda (taqqoslaş uçun, amaldagisi MHEKMning 35,2 foizidan oz bölmagan miqdorda);
  • işdan va iş haqidan mahrum bölgan hamda uzoq (12 oydan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boşlaşga harakat qilayotgan şaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida (taqqoslaş uçun, amaldagisi MHEKMning 26,5 va 35,2 foizidan oz bölmagan miqdorlarda);
  • ilgari işlamagan, birinçi marta iş qidirayotgan şaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida (taqqoslaş uçun, amaldagisi MHEKMning kamida 26,5 foizi miqdorida).

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

«Aholi bandligi töğrisida»gi qonunda aks etgan yangi tuşunçalardan biri autstaffing bölib, u iş beruvçi tomonidan öz xodimlarini ularning roziligi bilan boşqa yuridik şaxslarga uşbu xodimlar tomonidan iş beruvçi va uning xodimi örtasida tuzilgan mehnat şartnomalarida, şuningdek jamoa kelişuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajariş uçun vaqtinçalik yuboriş yöli bilan körsatiladigan xizmatlar turi hisoblanadi.

Qonunda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etiş belgilangan bölib, uşbu tizim iş beruvçilar va xodimlar örtasidagi mehnat munosabatlarini,
şu jumladan mehnat şartnomalarini tuziş, mehnat şartnomalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, ularni bekor qiliş tartib-taomillarini elektron röyxatdan ötkaziş kabi bir qator vazifalarni amalga oşirişni ta'minlaydi.

Hujjatda Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi mehnat faoliyatiga oid quyidagi masalalar ham belgilangan:

  • Fuqarolarning Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi mehnat faoliyatiga doir huquqlari;
  • Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan fuqarolarga Özbekiston Respublikasidan taşqarida işga joylaştiriş uçun körsatiladigan xizmatlar;