Aksiya 2019 yil avgust oyida Mahtumquli köçasida daraxt ekişda qatnaşiş bilan boşlangan işlarning mantiqiy davomi böldi. Öşa vaqtdan boşlab Ucell köngillilari Toşkentdagi beşta park zonalarida köçat ekişda iştirok etib, 615 tup köçat: çinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekişdi. Toşkent şahrining Sirğali tumani hokimligi kömagida Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti hududi tozalanib, Sirğali mavzesining yangi kiçik tumanda «Viktoriya xiyoboni» barpo etildi. Uşbu ikki tadbir doirasida iştirokçilar 3-4 yoşdagi 80 tup çinor ekdilar.
Bu yil Ucell köngillilari bahorda karantin e'lon qilinişidan oldin Toşkentda nastarin xiyoboni ekişga va Qarşi va Navoiy şaharlarida hind nastarini va ispan draklarini ekişga muvaffaq bölişdi. Daraxt ekiş geografiyasi kengaymoqda.

Yana bir ekologik aksiya Surxondaryo viloyatida bölib ötdi. 29 sentabr - 1 oktabr kunlari Termiz şahrining asosiy köçalarida, San'at saroyi parki va Amudaryo qirğoğida, Termiz şahar hokimligi va şahar obodonlaştiriş boşqarmasi kömagi bilan Ucell xodimlari 1200 kaştan köçatlarini ekdilar.
«Bu yili kaştan tasodifan tanlanmadi. Landşaft dizayni böyiça mutaxassislarning ta'kidlaşiça, u atrof-muhitga yaxşi ta'sir qiladi, havoni oltingugurtli gazlardan tozalaydi va çangni özida saqlaydi. Ayniqsa, u keng şahar va park xiyobonlari va bulvarlarga ötqazilsa juda yaxşi. Va, albatta, uning tutun va gazlarga çidamliligi zavodlarni, sanoat zonalarini, energetika inşootlari va boşqa joylarni kökalamzorlaştirişda köp ekilişiga sabab böladi», - deydi Ucell kompaniyasining jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Baxtiyor Nasimov.
Sentabr oyida UzReport telekanalining Navoiy şohköçasi tarixiga bağişlangan «Şahar oqşomi» telekörsatuvi paytida dastur mualliflarida Navoiy köçasidagi turli sabablarga köra daraxtlar ildiz otmagan joylarni köçatlar bilan töldiriş ğoyasi tuğildi.

Öşanda, Baxtiyor Nasimov va Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev qöşma ekologik taşabbus ötkazişga kelişib oldilar.
«Biz uşbu aksiyada Ucell’ga yordam berişga öylab ötirmasdan rozilik berdik. Daraxtlarni ekiş – biz doimo qöllab-quvvatlaydigan faoliyat. Bu nafaqat şahar qiyofasini şakllantirib, soğlom, yaşil körinişga ega bölibgina qolmay, balki şahar aholisiga ham foyda keltiradi. Bugun biz bu yerga kompaniya tomonidan taqdim etilgan 36 tup kaştan daraxtini ekdik»,












