Pandemiya sababli ikki ming nafarga yaqin özbekistonlik Abxaziyada qolib ketgani, ularning yuzga yaqini ayni paytda Abxaziya-Rossiya çegarasida köçada tunayotgani haqida xabar bergan edik.

Taşqi işlar vazirligining 30 sentabr kungi bayonotida 400ga yaqin vatandoşlarning birinçi guruhi oktabr boşida Özbekistonga qaytarilişi aytilgandi. Özbekistonning Rostov-Dondagi boş konsulligi boş konsuli Rustam Kurganbayev bilan jarayon nima uçun keçikayotgani, ularni vatanga qaytarişga nimalar tösqinlik qilayotgani xususida suhbatlaşdik.

Rustam Kurganbayev

– 23 oktabr kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi örinbosari Tatyana Golikova rahbarligida Maxsus komissiyaning yiğilişi bölib ötgan, uşbu yiğilişda Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarimizni Rossiya orqali Özbekistonga qaytariş masalasi muhokama qilinişi kutilayotgan edi. Biroq Rossiya Taşqi işlar vazirligida şanba-yakşanba dam oliş kuni bölgani, rasmiylar bu vaqtda murojaatlarimizga javob bermayotgani uçun yiğilişda qanday qaror qabul qilinganini bilolmay turibmiz.

Bu yoqda Abxaziya-Rossiya çegarasida töplanayotgan özbekistonliklar bizga tinimsiz murojaat qilişmoqda. Ortga qaytiş kundan-kunga çözilayotganidan darğazab bölayotganlar ham bor. Biz ham bu masalaga tezroq yeçim topiş tarafdorimiz. Ammo biz hozir boşqa mamlakat hududidamiz, bu yerda öyin qoidalarini ular belgilaşadi. Şu sababli yurtdoşlarimizdan sabrli bölişlarini, yana ozgina kutişlarini, noqonuniy harakatlardan tiyilişlarini sörab qolardim. Xudo xohlasa, duşanba (26 oktabr) kuni xuşxabar bölişi kutilmoqda. Çorşanba kuni birinçi samolyotimiz yetib keladi. Ungaça barça rasmiyatçiliklar hal bölsa fuqarolarni vatanga qaytarişni boşlaymiz, – deydi Rustam Kurganbayev.

– Jarayon nima uçun çözilib ketdi?

– Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarimizning Özbekistonga qaytarilişi çözilib ketganining sababi charter reyslar bilan olib kelinadiganlar röyxatini tuzişga köp vaqt ketib qoldi. Uşbu hududdagi özbekistonliklarni topib, ma'lumotlariga bittama-bitta aniqlik kiritib çiqişga töğri kelgan. Ayni paytda röyxatga 537 nafar kişi kiritilgan. 20 oktabr kuni boş konsulxonamiz tomonidan uşbu röyxat nota orqali RF Taşqi işlar vazirligiga taqdim etilgan.