Surxondaryolik Rinat Yusupovning xabar berişiça, Abxaziyada ayni paytda ikki mingga yaqin Özbekiston fuqarosi mavjud. Ular bu yerga Rossiya orqali işlaşga kelişgan. Pandemiya tufayli çegaralar yopilgaç, Özbekiston fuqarolari şu yerda qolib ketişgan va umid bilan karantin çeklovlari bekor qilinişini kutişgan.
Özbekiston Abxaziyani mustaqil davlat sifatida tan olmagan, şu bois bu yerda Özbekiston elçixonasi yöq. Abxaziya hududida qolib ketgan vatandoşlar Rostov va Moskva şahridagi elçixonalarga murojaat qilişgan.
«Bir neça oy davomida qilingan murojaatlarimizga tayinli javob bölmadi. Elçixonadagilar bizni rosa sansolar qilişdi. Biz boşqa davlatlarda qolib ketganlar singari töpolon qilmadik, ketişimizni sabr bilan kutdik. Davlat bizni bepul olib ketsin demayapmiz, charter reys uçun qölimizda pullarimiz bor. Faqat Abxaziyadan Rossiya hududiga ötib olsak böldi.

Qayta-qayta qilgan murojaatlarimizdan sönggina Taşqi işlar vazirligi oktabr oyining boşida Abxaziyadagi fuqarolarning 400 nafari Özbekistonga olib kelinişini, qolganlar çegaralar oçilgunça şu yerda qolişini ma'lum qilgandi.
Eng avval oğir ahvoldagilar – qariyalar, bemorlar, ayollar va bolalar olib ketilsin – rozimiz. Biroq oktabr oyining ikkinçi ön kunligi yakunlanayotgan bölsa hamki, bayonotda keltirilgan va'da bajarilmayapti, dodimizni kimga aytişni bilmayapmiz», – deydi farğonalik Xosiyatxon Otaqöziyeva.
Abxaziyada qolayotgan vatandoşlar vatanga qaytişlari uçun Rossiya hududiga ötişlari kerak. Biroq ayni paytda Rossiya özining hamda Abxaziya fuqarolarigagina davlat çegarasini kesib ötişga ruxsat bermoqda. Boşqa davlat fuqarolari, jumladan, özbekistonliklarning Rossiya çegarasini tranzit maqsadida kesib ötişga ruxsat berilmayapti.

Surxondaryolik Rinat Yusupovning ta'kidlaşiça, Abxaziyada qolib ketganlar orasida Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston fuqarolari ham bölgan. Biroq uşbu davlatlarning elçixonalari allaqaçon öz fuqarolarini olib ketişgan. Biroq özbekistonliklar hamon arosatda qolmoqda.

















