Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov mazkur voqea xususida fikr bildirdi. Vazirning sözlariga köra, römol öragan qizni “qamataman” deb tahdid qiliş ahmoqlikdir.
«Bu masalani örganiş kerak. Faqat bir kişining gapi olinmasligi lozim.
Ikkinçidan, qaysi qonunda yozilgan ekan römol uçun qamaladi degan gap? Bu ahmoqona gap. Bu masalani örganib çiqişgan. Izboskan tumani hokimligi bunga munosabat bildirgan.
Joylarga boramiz, «mana bu öqituvçiga iş bermayotgan ekan», deb gapirişadi. Agar öşa öqituvçi bilan gaplaşib körsangiz, uni umuman maktabga yaqinlaştiriş kerak emasligi ma'lum böladi. Çunki ertaga asabiy holatda bolani urib mayib ham qilib qöyişi mumkin. Şuning uçun bitta tomonni olib şov-şuv qilib, bu tomonni aytib bölmaydi. Vaziyatni töliq örganiş kerak.
Biz huquqiy jamiyat qurişga harakat qilyapmiz. Noqonuniy harakat qilgan bölsa sud ham, prokuratura ham bor. Ya'ni hamma narsa qonun doirasida hal qilinişi kerak. Lekin heç kim, heç qayerda öqituvçiga «öquvçini qamataman degin» deb körsatma bermagan», degan xalq ta'limi vaziri.
Uşbu holat böyiça Izboskan tumani hokimligi munosabatida qamatiş bilan tahdid qilgani aytilgan maktab direktori 23 oktabr kuni farzandini uylantiriş maqsadida töy marosimi ötkazgani, tuman xalq ta'limi bölimi mudiridan işga çiqmaslik uçun ruxsat söragani va videomurojaat tarqalgan kuni iş joyida bölmagani qayd etilgan.
«Qizning onasi bilan suhbat ötkazilganda ona karantindan avval farzandi diniy libosda emas, zamonaviy liboslarda yurganligi böyiça maktab ma'muriyati e'tiroz bildirganligini, yoz mavsumidan boşlab qizining kiyiniş uslubi özgarganligini, ijtimoiy tarmoqqa qöyilgan videomurojaatdan esa xabari yöqligini ta'kidlagan.
Bundan taşqari, suhbat jarayonida öquvçi qiz astronomiya fani öqituvçisi dars jarayonida unga maktab formasiga rioya qilişini, milliy mentalitetga mos uslubda kiyiniş lozimligini aytganligini, lekin qizga libosi sabab qamatiş yoki şunga öxşaş çoralar qöllaş böyiça bosim bölmaganligini ta'kidlagan. Şuningdek, öquvçi qiz maktab direktorini videomurojaat tarqatgan kuni körmaganligi va gaplaşmaganligini, murojaat qilayotgan vaqtida hissiyotga berilgan holda qamatiş böyiça gap-sözlarni qöşib yuborganligini bildirgan», deyilgan hokimlik munosabatida.







