Şimoliy Koreya azaldan dunyoni qiziqtirib kelgan va u haqida mavzu oçilganda sözlovçi öz tasavvurlarini işga solişiga töğri keladi. Nihoyat Pxenyanning turistlar (kamdan-kam bölsa ham) töxtaydigan mehmonxonalari bilan tanişiş imkoniyati paydo böldi.

Uşbu fotosuratlar Şimoliy Koreya poytaxtidagi önta mehmonxonaga taşrif buyurib, mamlakatning sayyohlik sohasi umumiy olganda qanday körinişda ekanini namoyiş etgan Nikol Rid tomonidan olingan. Nikol, mehmonxonalar Şimoliy Koreyada suratga oliş mumkin bölgan eng oddiy maskanlar ekanligini tan oldi, çunki ularga kirişda juda köp hujjatlar talab qilinmaydi, ularning siyosat bilan heç qanday aloqasi yöq va har qanday sayohatçi ularga taşrif buyurişi mumkin.

Rid bir qiziq xulosaga keldi: hatto Şimoliy Koreya singari totalitar mamlakatda ham ijod uçun joy topiladi. Oddiy odamlarning kiyinişi, xonadon va uylardagi bezaklar kabi, bir-biridan farqlanmasa ham, mehmonxonalar juda özgaça. Ularning har biri içki dizayn uçun litsenziya olgan, şu sababli ham rango-rang tuşlik zallari, xonalar va vestibyullarga ega. Mamlakat dunyoning boşqa qismidan uzilib qolgani hisobga olinsa, taşqi tomondan heç qanday ta'sir sezilmaydi. Bu estetika va bezaklarning barçasi mahalliy otelerlarning xizmatidir.

Uşbu önta mehmonxona öttiz yildan ortiq vaqtdan beri işlamoqda va aslida ular böş, çunki mamlakatda sayyohlar soni juda kam. Biroq, mehmonxonalar hanuz öz faoliyatini davom ettirmoqda, ular muntazam ravişda ta'mirlanib, tartib saqlanyapti. Ularda basseynlar, konferens zallari, bouling, karaoke mavjud. Ammo, albatta, ular uruşdan keyingi me'morçilikka xos bölgan militarizm ruhini saqlab qolgan, içkarida esa qadimgi intererlar mavjud bölib, ular önlab yillar davomida yangilanmaganga öxşaydi. Ularning barçasi öz mamlakatlari ruhiga yöğrilgan: siyosatçilarning portretlari yetarliça topiladi, şuningdek, xodimlar ham mehmonlar e'tiborini öziga qaratib qaddini tik tutib turadi.























