Namangan viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi. Unda fuqaro Ş.A. boşqaruvidagi «Kamaz 65115» rusumli yuk avtomaşinasi töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirildi.
Tekşiruv davomida uşbu umumiy qiymati 300 million sömlik yuk avtomaşinasiga tegişli hujjatlar avtomaşinaning identifikatsion belgilariga töğri kelmasligi hamda qöşni mamlakatdan noqonuniy tarzda olib kirilgani aniqlandi.
Ma'lum bölişiça, qonunbuzar huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarini çalğitiş maqsadida uşbu noqonuniy olib kirilayotgan «Kamaz»ga boşqa bir «Kamaz»ning davlat raqamini taqib olgan.
«Kobalt»dagi 5500 dona tamaki mahsulotlari manzilga yetib bormadi
Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari fuqaro A.Ş. boşqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomaşinani töxtatib, örnatilgan tartibda közdan keçirdi.

Natijada, avtomaşina yukxonasida unda yölovçi sifatida harakatlanib ketayotgan fuqaro T.M.ga tegişli bölgan, bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari hamda aksiz markalari bölmagan, umumiy qiymati 60,5 million sömlik 5500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Bojxonaçilar 150 million sömlik tropikamidning noqonuniy aylanmasiga çek qöyişdi
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida fuqaro Q.B. boşqaruvidagi «Kia Bongo 3» rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida heç qanday hujjatlari bölmagan, xorijda işlab çiqarilgan, umumiy qiymati 150 million sömlik, jami 1000 dona «Tropikamid» nomli kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












