“Men bugun ovoz berdim”, deb yozgan Rubins tvitterda va xabarga stansiya kayutasida tuşgan suratini ilova qilgan. Suratda fazogir ortida “XKSda ovoz beriş xonasi” degan hazilona yozuvni köriş mumkin.
Ketlin XKSga 14 oktyabrda rossiyalik fazogirlar Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverçkov bilan birga yetkazilgandi. Bu parvoz ayol fazogirning orbitaga ikkinçi parvozi hisoblanadi. Bundan taşqari, Ketlin 2016 yildagi birinçi parvozi vaqtida 2 marta oçiq fazoga çiqqan.
AQŞ prezidenti saylovlari 3 noyabrda bölib ötadi, biroq AQŞning bir qator ştatlarida muddatdan oldin ovoz beriş boşlangan. Saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden kuraş olib boradi.

















