GizChina naşrining xabar berişiça, yangi funksiyadan foydalaniş uçun “Ruletka” deb nomlangan dasturni oçib, smartfon kamerasini odamga u kadrga töliq joylaşadigan qilib yönaltiriş lozim.

Birozdan keyin smartfonda odamning böyi körsatilgan çiziq paydo böladi. Kompaniyada yangi funksiya borligi tasdiqlangan va u turli obektlar, misol uçun, mebel jihozlari ölçamlari, devorlar balandligi va şu kabilarni ölçaş uçun işlab çiqilgani ma'lum qilingan.

Ta'kidlanişiça, uşbu funksiyaga lidar skaneri bilan jihozlangan yangi gadjetlargina ega. Uşbu texnologiya töldirilgan reallik bilan birgalikda işlaydi. U iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max va yangi iPad Pro planşetida qöllanadi.

Apple’ning yangi smartfonlari qatori 13 oktyabrda iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max modifikatsiyalarida taqdim etilgandi.