Departamentning Şayxontohur tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A., Q.N. va B.D.lar koronavirus pandemiyasi tufayli aholi tomonidan iste'mol talabi yuqori bölgan, xorijda işlab çiqarilgan 85 quti «Remdesevir 100 mg» dorisining har bir qutisini 750 ming sömdan hisoblab, jami 6 200 dollarga fuqaro M.A.ga dorixonadan taşqarida qonunga xilof ravişda sotişgan vaqtda uşlanib, ulardan 85 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi; bundan taşqari, B.D.ning boşqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomaşina közdan keçirilganda, avtomaşinaning salonidan 135 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi, jami taxminiy qiymati 165 mln sömlik, 220 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan fuqaro M.P.ning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. boşqalar bilan til biriktirib, dori vositalari narxlarini sun'iy ravişda oşirib, M.P.ga heç qanday hujjatlari bölmagan, xorijda işlab çiqarilgan «Propinem 100 mg» dorisining har bir donasini 90 ming sömdan 500 donasini jami 45 mln sömga, «Meropenem 1ml flakonda» dori vositasini har bir donasini 50 ming sömdan 1 000 donasini jami 50 mln sömga va «Bisiklol 25 mg» har bir qutisini 265 ming sömdan 300 qutisini jami 79,5 mln sömga, hammasi bölib 3 xil turdagi dori vositalarini 174,5 mln sömga sotişga kelişib, undan 13 550 dollar va 34,9 mln sömni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Toşkent viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tadbirda fuqaro A.Yu. fuqaro S.X.ga «Indvir 100 ml» dori vositasining har bir qutisini 100 dollardan hisoblab, 100 qutini jami 10 000 dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan va tadbirda fuqaro A.Yu.dan jami 108 quti 74,2 mln sömlik «Indvir 100 ml» dorisi aşyoviy dalil tariqasida olib qöyilgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Boş prokuratura axborotida.













