Ijtimoiy tarmoqlarda “Öztransgaz” AJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatiş haqidagi qaror nusxasi tarqaldi. Şu yil 12 may kuni imzolangan hujjatga Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ötkazgan tekşiruvlar asos bölgan.

Holatga Boş prokuratura tomonidan izoh berildi. Unga köra, mazkur jinoyat işi Boş prokuratura tomonidan nazorat tartibida örganilganida, tergovga qadar tekşiruv harakatlari “tölaqonli ötkazilmasdan”, qaror “barvaqt qabul qilingani” aniqlangan.

“Şu sababli jinoyat işi qözğatiş haqidagi qaror 16 may kuni bekor qilinib, qöşimça ravişda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib boriş uçun yuborilgan”, – deyiladi mahkama xabarida.

Bayonotda tergovga qadar tekşiruv ötkaziş va jinoyat işi oçişga asos bölgan holatlar yuzasidan munosabat bildirilmagan.

Jinoyat işi qözğatilişiga nima sabab bölgan?

Internetda tarqalgan, “Öztransgaz” mansabdorlari ustidan jinoyat işi oçiş haqidagi qarorni Departamentning suriştiruv bölimi boş suriştiruvçisi U.Hoşimov qabul qilgan, uning bu qarorini bölim boşliği Ş.Rahmatov ma’qullagan.

Bundan taşqari, boş prokurorning birinçi örinbosari Bahriddin Valiyev jinoyat işi qözğatişga rozilik berib, qarorga imzo qöygan.

Foto: "Muxbir Daliyev" Telegram-kanali

Qarordan ma’lum bölişiça, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti va Soliq qömitasi tomonidan “Öztransgaz” AJ faoliyati böyiça soliq tekşiruvi ötkazilgan.

Qayd etilişiça, 100 foiz “Öztransgaz” AJ ta’sisçiligida taşkil etilgan “Transgaztexnikabutlash” MÇJga körsatgan xizmatlari va bajargan işlari uçun “Xöjalik yurituvçi sub’yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida”gi qonunining 24- va 35-moddalari talablariga rioya qilmagan holda, asossiz ravişda 2017 yilning yanvar–avgust oylarida 3,1 mlrd söm va 2018 yilning fevral–aprel oylarida 4,2 mlrd sum, jami 7,4 mlrd söm ortiqça mukofot pullari tölab berilgan.