Toşkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida yer sotiş bilan boğliq firibgarlik va pora berişga dalolat qiliş jinoyatlariga çek qöyildi. Bu haqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 7 iyul kuni IIVga fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Otabek ismli şaxs tadbirkorlik bilan şuğullaniş maqsadida böş yer maydoni qidirayotgan fuqaro bilan tanişib, Toşkent viloyatining Qibray tumanida sotiladigan 3 gektar yer borligini, uşbu yer maydoni 350 ming dollarga narxlab sotuvga qöyilganini aytgan va hokimiyat idoralaridagi tanişlari orqali bu yerda issiqxona quriş huquqini beruvçi viloyat hokimining qarorini çiqartirib berişni va’da qilib, uşbu xizmat evaziga qöşimça 10 ming dollar söragan.
U Çilonzor tumani Novza köçasida joylaşgan “Çinor” oşxonasida 360 ming dollardan 10 ming dollarni avans sifatida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Zangiota tumanida esa fuqaro J.U. boşqa bir fuqaroni Zangiota tumani “Ilğor” MFY hududida joylaşgan 0,5 gektar suğoriladigan yer maydonini 200 ming dollarga sotayotgani, yerga tegişli hujjatlarni tuman kadastr bölimida işlovçi tanişlari orqali hal qilib berişiga işontiradi. Mazkur şaxs oldindan 40 ming dollarni olgan vaqtida Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çilonzor tuman bölimi tomonidan Toşkent şahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Dastlabki suriştiruvlar davomida u sotmoqçi bölgan yer maydoni davlat zaxirasida turgani ma’lum böladi.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















