Majlisda deputatlar tomonidan ta'kidlanganidek, genom axboroti ma'lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni oçiş mexanizmining joriy etilişi foş etiş murakkab, öta oğir bölgan yoki muqaddam oçilmagan jinoyatlarni oçişga kömaklaşadi, şuningdek, genom axborotining yagona ma'lumotlar bazasi yaratilişi bedarak yöqolgan şaxslarni topiş imkonini ham beradi.

Parlament saytida yozilişiça, quyi palataning avvalgi majlisida ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilingan qonun loyihasining ayrim moddalari, xususan, qonun qabul qilinganidan söng uning kuçga kirişi muddati, biologik qarindoşlar va genom böyiça davlat röyxatiga oliş tuşunçalari deputatlarning asosli savollariga sabab bölgan edi.

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari a'zolari bildirgan takliflar asosida qonun loyihasi maromiga yetkazildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan böldi.