Farmon bilan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati;
  • Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;
  • Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati;
  • Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati;
  • Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obektlari ro‘yxati.

Moliya vazirligida Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti tashkil etilmoqda.

2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta'sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalar xatlovdan o‘tkazilib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish belgilandi.

Xuddi shu muddatgacha, transformatsiya qilinadigan va korporativ/moliyaviy audit joriy etiladigan korxonalar faoliyat yuritadigan sohalarda bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish va xususiy sektorni jalb qilish choralari ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 iyulga qadar bu toifadagi korxonalarning barcha investitsiya loyihalari xatlovdan o‘tkazilib, boshlanmagan hamda moliyaviy manbalari aniq bo‘lmagan loyihalar to‘xtatiladi.

2021 yil 1 yanvarga qadar «O‘zagroservis» va «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularning faoliyatini bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yish va sohada xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston chet eldagi ayrim aktivlarini sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berishni rejalashtirmoqda