– Rossiyadagi öquv kurslariga özbekistonlik mehnat muhojirlari qay tartibda qabul qilinadi?

– Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari 16–29 sentabr kunlari Rossiyaga borib, uşbu davlatdagi mehnat muhojirlarini rus tili va kasb-hunarga örgatiş böyiça öquv darslarining joriy etiş imkoniyatlarini örgandi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşqarma boşliği Abdujabbor Alimov

Taşrif doirasida Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar döstligi universiteti («RUDN») hamda World Skills Russia (Rossiyaning yoş mutaxassislari) taşkiloti örtasida hamkorlik töğrisida uç tomonlama memorandum imzolandi. Uşbu memorandumga asosan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk şaharlarida özbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga öqitiş yölga qöyildi.

Öquv kurslarida fuqarolar rus tilini örganişi, quriliş, xizmat körsatiş, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, işlab çiqariş, avtomobilsozlik sohalarida 25ta kasb böyiça öqitilişi közda tutilgan. Ya'ni migrantlar Rossiya bozoridagi talab yuqori bölgan, yuqori oylik tölanadigan kasblar – quriliş, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalar böyiça öqitiladi.

Öquv kurslariga talabgorlar Telegram’dagi @uzrivoj_bot orqali qabul qilinadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan işlab çiqilgan uşbu botning savollariga berilgan javoblar asosida mutaxassislarimiz talabgorlar bilan boğlanişadi.

Bugungi kunda Telegram-bot orqali murojaat qilgan 1131 nafar fuqaro Rossiyadagi öquv kurslariga jalb etilgan bölib, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk şaharlarida öqiş jarayoni boşlangan. Novosibirsk şahrida 15 kişi tezlaştirilgan öquv jarayonini tamomlab, malaka pasportini ham qölga kiritişga ulgurdi.