Özbekiston Respublika tovar xomaşyo birjasi 19-23 oktabr oraliğida ötgan birja savdolariga 207 ming 384 tonna sement qöyilganini ma'lum qildi. Şundan 197 ming 457 tonnasi, ya'ni 95,2 foizi sotilgan. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 39,5 ming tonnani taşkil qildi.
«Körib çiqilayotgan davrda sementning barça markalari böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 566,5 ming sömdan 556,5 ming sömgaça, ya'ni 1,8 foizga pasaygan», — deyiladi xabarda.
Hafta boşida savdolar sementning bir tonnasiga örtaça 566 ming söm xarid narxi bilan boşlangan, 23 oktabr kuni 1 tonna sementning örtaça xarid narxi 556 ming sömgaça arzonladi. Haftaning ilk tört iş kunida sementga xaridorlar soni köpaygan, iş haftasining oxirida xaridorlar 67ga kamayib, yakunda 506ta sub'yekt birja savdosida xaridorga aylangan.
Oktabr oyi boşida sementning bir tonnasi birjada örtaça 608 ming sömga sotilgandi. 23 oktyabrdagi xarid narxi (556 ming söm) hozirça quriliş mavsumining sönggi bosqiçida körsatilgan eng maqbul narx bölib qolmoqda.
Ma'lumot uçun, birja orqali savdo qilinadigan yuqori likvidli 38 xil tovarning 27tasida boşlanğiç taklif etilgan narxga nisbatan tovar qiymati 10 foizga oşişi mumkin. Bu mavsumiy bölib, talab va taklif qonuni böyiça bozorda sokinlik kuzatilişi ham mumkin.












