Respublikamiz va Qaşqadaryo viloyatida eng köp paxta yetiştiradigan va eng köp paxta topşiradigan Koson tumani 2020 yil uçun paxta topşiriş şartnomaviy rejasini oşiği bilan bajardi.

«Kosonlik zahmatkaş fermerlar bu yil 63 ming 680 tonna paxta topşirdi. Joriy yilda 1120 ta fermer xöjaligi tomonidan 21 ming 700 gektar maydonda ğözaning «Porloq», «Buxoro-6», «Buxoro-8» navlari ekilib, agrotexnik qoidalar asosida parvarişlandi. Paxtani qisqa muddatlarda sifatli qilib terib oliş, terimga iş bilan band bölmagan aholini ixtiyoriy jalb etiş böyiça barça zaruriy çoralar körildi», – deydi Koson tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fahriddin Nomozov.

Aytiş joiz, bu yil Koson tumanida terim mavsumi har yilgidek uyuşqoqlik bilan taşkil etildi. Hosilni yiğib oliş işlari uçun 259 ta terim otryadlari tuzildi. Bu otryadlarda 32 ming nafarga yaqin terimçi mehnat qildi.

Terim işlarining dastlabki kunlaridan kosonlik fermerlar birinçi terimdanoq paxta topşiriş rejasini bajara boşladi. Koson, Gulboğ, Bobur, Andabozor, Guvalak, Beruniy, Arabxona hududlari bu borada peşqadamlikni qöldan boy bermadi.

«Bu yil Koson tumanida yetiştirilgan hosilni yiğib oliş uçun çetdan terimçi jalb qilinmadi. Mahalliy aholining daromad topişga bölgan iştiyoqi tufayli 63 ming tonnalik xirmon kötarildi. Bunda fermerlarimiz, qişloq xöjaligi xodimlarining ham mehnati beqiyos böldi», – deydi tuman fermerlar kengaşi raisi Said Donayev.

Terim işlari boşlangandan söng, Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev tuman ahliga murojaat bilan çiqdi.

«Ayni mavsum daromadsiz qolganlar uçun qulay fursat. Işsiz fuqarolar paxta terib pul topaman desa, barça şaroitni yaratib beramiz. Dalaga boriş uçun avtobus taşkillaştiriladi. Issiq ovqat beriladi. Terim pullari muntazam ravişda dala boşida yetkaziladi. Faqat fuqarolarimiz bu imkoniyatdan foydalanib, oq oltinimiz hisoblangan paxtani terib olişga yordam berişlari kerak. Va yana ta'kidlayman, heç kimni paxta terasan deb majburlaş yöq. Ayniqsa, budjet taşkilotlari, maktablar, tibbiyot muassasalarining heç bir xodimini paxtaga jalb qiliş aslo mumkin emas. Buning uçun javobgarlik borligini rahbarlar yaxşi bilişi kerak», – dedi hokim.