Airbus Group guruhi 2020 yilning 3-çoragi va ilk 9 oyi böyiça moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Kompaniya xarajatlarni qisqartirişiga qaramay, çorakni 767 mln dollarlik zarar bilan yakunlagan. Umuman olganda, kompaniyaning yil boşidan beri körgan zarari 2,7 mlrd dollarga yetgan.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, koronavirus bilan boğliq vaziyat yaxşilanmayotgani sababli yaqin kelajakka biror prognoz beriş qiyin bölmoqda. Biroq şunga qaramay, kompaniya vaziyat barqarorlaşayotganini aytmoqda.
Airbus 3-çorakda mijozlarga 145 ta, yil boşidan beri esa 341 ta samolyot yetkazib bergan. Taqqoslaş uçun şuni aytiş mumkinki, kompaniya 2019 yil 1-çoragining özida buyurtmaçilarga 571 ta layner yetkazib bergandi.
Avvalroq Airbus’ning boş raqobatçisi – Boeing kompaniyasi ham öz hisobotini taqdim etgandi. Unga köra, AQŞ aviasozlik kompaniyasi 3-çorakda 466 mln dollar zarar körgan. Kompaniya 3-çorakda butun dunyoda bor-yöği 13 ta samolyotga buyurtma olgan.












