«TuttoSport»ning yozişiça, «Jyenoa» klubining özbekistonlik 25 yoşli hujumçisi yengil jarohati sababli genuyaliklar safida kubok bahsida maydonga tuşmagan. Qayd etilişiça, Şomurodov Italiya A Seriyasi 6-turi doirasidagi «Genuya derbisi» - «Jyenoa»ning «Sampdoriya»ga qarşi uçraşuvini ham ötkazib yuboradi. Şuningdek, jamoa yarimhimoyaçisi Davide Dzappakosta ham jarohati tufayli 1 noyabr, yakşanba kungi bahsda «Jyenoa»ga yordam bera olmaydi.
«Buoncalcioatutti» naşrining yozişiça, Şomurodov tiklaniş jarayonida ham böş vaqtini zoye ketkizmayapti. Italiyaga kelganiga hali bir oy bölmagan Eldor öqituvçi yollab, italyan tilini örganişni boşlagan.
Eslatib ötamiz, Eldor Şomurodov A Seriya sönggi turi doirasidagi «Jyenoa» - «Inter» (0:2) bahsida zaxiradan maydonga tuşib, 25 daqiqa harakat qilgandi.












