Alphabet (Google egasi), Facebook va Twitter texnologik kompaniyalarining aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa arzonlaşdi. Bunga AQŞ senatining savdo böyiça qömitasidagi tinglovlar sabab böldi.

Umumiy hisobda uç kompaniyaning bozor narxi 107 mlrd dollarga pasaydi:

  • Facebook aksiyalari narxi 5,51 foizga arzonlaşib, kompaniya kapitalizatsiyasi 44,5 mlrd dollarga tuşdi;
  • Twitter aksiyalari narxi 5,34 foizga pasayib, kompaniyaning bozor narxi 2,17 mlrd dollarga teng böldi;
  • Alphabeth aksiyalari 5,51 foizga arzonlaşdi, kompaniya narxi esa 60 mlrd dollarga kamaydi.

Qonun çiqaruvçilar Alphabet, Facebook va Twitter rahbarlarini internet töğrisidagi qonun islohotlarini muhokama qiliş uçun çaqirişdi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Facebook va Twitter AQŞ prezidentligiga nomzod Jo Baydenning oilasi töğrisida New York Post gazetasida çop etilgan maqolaga tösiq qöyganidan söng mazkur qonun muhokama qilina boşlandi. Kompaniyalar uşbu harakati uçun noxolislik va senzurada ayblanmoqda, deb yozadi Bloomberg.