«Har bir mamlakatda yangi dori-darmonlar işlab çiqarilganidan keyin u bir neça bosqiçda sinovlardan ötkaziladi, jumladan vaksinalar ham.

Sinovda qatnaşiş uçun köngillilar öz xohişlariga köra tanlab olinadi. Koronavirus kasalligiga qarşi vaksinani sinovdan ötkazişda uşbu kasallikka çalinmagan va organizmida immunoglobulin G şakllanmagan köngillilar qatnaşişi mumkin», dedi ştab a'zosi AOKAda ötkazilgan brifingda.

Şuningdek, dokadan tikilgan niqob neça qavat bölişi kerakligi haqida ham ma'lumot berildi.

«Niqob faqat foydalaniş qoidalariga töğri rioya qilingandagina samarali böladi. Buning uçun niqobni töğri tanlaş (maxsus matodan tayyorlangani, uy şaroitida kamida 6-8 qavatli dokadan), uni töğri taqiş (burun va oğizni töliq yopişi), tez-tez almaştirib turiş (har 2-3 soatda) zarur.

Tibbiy niqobni taqişdan maqsad – havo-tomçi yöli orqali yuqadigan kasalliklar tarqalişining oldini oliş. Bemor niqobni kasallik manbasi bölmaslik uçun ham taqişi kerak. Soğlom insonlar esa kasallikdan özlarini muhofaza qiliş uçun ham undan foydalanişlari zarur.

Bemor niqobni xonada bir özi bölganda taqmasligi mumkin, biroq uşbu xonaga bemorni parvarişlovçi oila a'zolari kirganida albatta niqobda bölişi, xonada har 2 soatda namli tozalaş işlari ötkazilişi va kuniga 3-4 mahal şamollatib, toza havo kelişini ta'minlaş zarur. Mana şunda xonada virusning turli sath va yuzalarda ötirib qolişining oldini olgan va xonada virus töplanişidan himoyalangan bölamiz.

Bemorda kasallikning oğir yoki yengil keçişi uning niqob taqişiga emas, balki undagi mavjud surunkali kasalliklar va ularni keltirib çiqaruvçi xavf omillarining (notöğri ovqatlaniş, jismoniy nofaollik, zararli odatlarga berilganlik) mavjudligi sabab bölişi mumkin.

Şuning uçun bemor albatta oilaning boşqa a'zolaridan alohidalanişi, kuniga kamida 3-4 litr iliq holdagi suyulik içişi, kuniga 5-6 mahal ovqatlanişi (bunda asosiy e'tibor suyuq ovqatlar va xom meva va sabzavotlarga qaratilişi lozim), holatiga köra jismoniy faol bölişi, ayniqsa nafas maşqlarini bajarişi va töğri parvarişlanişi juda zarur. Eng asosiysi – barça davo muolajalari faqat şifokor tavsiyasiga muvofiq bajarilişi kerak», dedi u.