Yiğilişda maktablarni ta'mirlaş, obodonlaştiriş, isitiş kabi xöjalik masalalariga hokimlar şaxsan mas'ul ekani eslatib ötilgan. Şuningdek, oliy öquv yurtiga kira olmagan bitiruvçilarni muayyan kasb-hunar yoki tadbirkorlikka jalb etiş muhimligi ta'kidlangan.

Şu bois kelgusi yildan boşlab 7-sinfdan öğil-qizlarning kasbga qiziqişlarini aniqlaş va bosqiçma-bosqiç kasbga yönaltiriş amaliyoti joriy qilinişi belgilandi. Hududdagi sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş korxonalari maktablarga biriktiriladi.

Har bir maktab reytingini hamda şu asosda ta'lim sifati böyiça tuman, şahar va viloyatlar reytingini işlab çiqiş zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va örinbosarlari, öqituvçilar, hokimlar va ularning ta'lim böyiça maslahatçilari faoliyatiga baho beriladi.

Reytingda birinçi beşlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy budjetdan ustama tölanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning örinbosarlariga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigaça rağbatlantiruvçi tölovlar beriladi. Şu bilan birga, xalq ta'limi bölimi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinçi va ikkinçi örinni egallagan maktablarning 2 nafar ilğor öqituvçisiga kasaba uyuşmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yöllanma beriladi. Şuningdek, fidoyi pedagoglar boşqa yöllar bilan ham rağbatlantiriladi.

Yiğilişda pedagog kadrlar malakasini oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka oşirmoqda. Lekin bu töla qamrov uçun yetarli emas. Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11 ming nafar maktab öqituvçilarining barçasi sinov tariqasida masofaviy malaka oşiriş kurslari bilan qamrab olinmoqda.

Kelgusi yili Buxoro, Samarqand, Farğona viloyatlari va Toşkent şahrida malaka oşiriş böyiça masofadan öqitiş taşkil etiladi. Toşkent davlat pedagogika universiteti pedagog kadrlar malakasini oşirişda respublikada yetakçi oliygoh etib belgilanadi. Avloniy nomidagi malaka oşiriş instituti esa ta'lim muammolarini çuqur örganadigan ilmiy-tadqiqot dargohi böladi.

Öqituvçilar toifasini belgilaş tartibini ham tubdan qayta körib çiqiş lozimligi ta'kidlandi.

Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinçi toifaga ega. 4 bosqiçdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qoğozbozlik hanuzgaça saqlanib qolgan.

Şu bois mutasaddilarga toifa beriş tartibini soddalaştiriş, pedagoglar bilimini yil davomida baholaş imkonini beruvçi 2 bosqiçli tizimga ötiş böyiça körsatma berildi.