Har bir mamlakatning umumiy mablaği böladi. Uni “budjet” deb ataşadi. Budjetga mablağlar soliqlardan, tabiiy boyliklarni sotişdan yiğiladi. Yiğilgan mablağlar jamiyat manfaati uçun, xalq hayotini yaxşilaş uçun işlatiladi.     

Işi yurişgan mamlakatlar – ularning siri nimada?

Gap şundaki, bunday mamlakatlarda öşa – budjet ya’ni xalq boyliklari töğri sarflanadi. Ya’ni budjetga yiğilgan pullar maqsad-manziliga yetib boradi. Qanday qilib?

Budjet pullari sohalar böyiça taqsim etilgandan söng imkoni boriça töğridan-töğri manziliga yetib boradi. Mazkur yöl esa jamoatçilikning köz oldida böladi.  

Işi yurişmagan mamlakatlar-çi – ularning muvaffaqiyatsizligiga esa aynan budjetning notöğri sarfi sabab böladi. Qanday qilib?

Budjet taqsimlangandan keyin mablağlar manzilga yetişi jarayonida birqança qöllardan ya’ni idora-yu taşkilotlardan ötadi, hamda bu yölni jamoatçilik kuzata olmaydi. Şuning uçun mablağlar... nima desak ekan... yöqolib qoladi.   

Şunday qilib, budjetga pul yiğilaveradi, yölda bir qismi yöqolaveradi, yana yiğiladi, yöqoladi... va yana, va yana. Natijada sohalar... rivojlanmaydi.

Yölda yöqolib qoladigan mablağlar qayerga ketadi deb söraşingiz mumkin.

Bu mablağlar yaşirinça egallangani bois, egalari ularni... yaşirişga urinişadi. Yaşirişning eng yaxşi usuli esa – uzoqroqqa jönatiş.

Şunday qilib, bunday mamlakatlarda budjetga yiğilgan pullarning bir qismi boşqa bir davlatlarning banklariga jönatilaveradi... va yana jönatiladi... va yana. Şunday qilib mamlakat rivojlanmaydi, çunki mamlakat boyliklarining bir qismi çetga çiqib ketaveradi, ketaveradi.    

Şuning uçun ham qaysi mamlakat rivojlanişni istasa, mamlakat mablağlarini töğri sarflaşni yölga qöyişi, yöllarni tozalaşi, şaffoflikni ta’minlaşi zarur. Har bir sömning sarfi... öşa sömning egasi bölmiş xalq – jamoatçilik nazoratida turişi kerak. Kuzatuvçi qança köp bölsa, şunça yaxşi. Zero faqatgina davlat tomonidan qöyilgan tekşiruvçilar tekşirsa, ular bir kunmas-bir kun... sotiladi. Öz navbatida ularni tekşirib turganlar ham.  

Hozirda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar mablağlarini şaffoflik, oşkoralik ila sarflayotganlari uçun rivojlanayaptilar.

Muhammad Şakur tayyorladi