Prezidentning soğlom turmuş tarziga oid farmoni bilan, Moliya vazirligiga 2021 yil 1 yanvarga qadar uşbu masalada hukumatga taklif kiritiş yuklatildi.
Maxsus yiğimdan tuşgan mablağlarning bir qismi «Soğlom turmuş tarzi» platformasi uçun yönaltiriladi.
Uşbu platformaga asosan, kuniga 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming sömdan tölanadi. Şuningdek, har oyda har bir tuman (şahar) böyiça eng köp yurgan şaxsga 300 ming sömdan, har bir hudud böyiça eng köp yurgan şaxsga 500 ming söm, respublika böyiça eng köp yurgan şaxsga 1 mln söm qöşimça ravişda tölab beriladi.
Farmonda aynan qaysi mahsulotlar «aholi salomatligi uçun zararli» deb toifalanişiga aniqlik kiritilmagan.
Farmonning 1-bandida soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etişning asosiy yönalişlari belgilangan bölib, unda semizlik va bevaqt ölimlarni kamaytiriş maqsadida, tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklar iste'molini qisqartiriş haqida söz boradi.
Şuningdek, hujjat asosida uç oy muddatda tuz, qand va yoğ miqdori me'yoridan ortiq bölgan oziq-ovqat mahsulotlari reklamasiga quyidagi çeklovlarni örnatiş böyiça qonun loyihasi işlab çiqiladi:
- ta'lim, soğliqni saqlaş va sport muassasalari hududida hamda jamoat transportida reklama qiliş;
- bolalar, animatsion personajlar va bolalar körsatuvlari qahramonlari iştirokida reklama qiliş;
- ommaviy axborot vositalarida bolalar uçun möljallangan körsatuvlardan 30 daqiqa oldin va keyin namoyiş qiliş.
Bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul tölanadi — prezident farmoni







