2021 yil 1 yanvardan boşlab, barça davlat organlari va taşkilotlarida:
- mehnat jamoalarida soğlom turmuş tarzi va ommaviy sportni rivojlantiriş böyiça xodimga «Sport tarğibotçisi» qöşimça vazifasi yuklanib, uning iş haqiga 20 foiz ustama belgilanadi;
- haftada kamida bir marta, iş vaqtidan söng rahbar va barça xodimlari jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari (yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqalar) bilan şuğullanişi yölga qöyiladi;
- har şanba soat 14:00 dan keyin kuni xodimlar va ularning oila a'zolari örtasida yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqa sport turlari böyiça ommaviy sport musobaqalari taşkil etiladi. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, «şou» körinişida ötkazilişiga, ğolib va sovrindorlar munosib rağbatlantirilişiga alohida e'tibor qaratiladi;
- trenajyor zali, «Workout» maydonçasi, sport maydonçalari va xonalari, sport maşğulotlari va musobaqalarini moliyalaştiriş davlat organlari va taşkilotlarining budjetdan taşqari mablağlari hamda boşqa qonuniy manbalar hisobidan amalga oşiriladi;
- birinçi rahbarlarga «şaxsiy namuna» tamoyili asosida özlarining antropometrik körsatkiçlarini (semizlik darajasi, vazn indeksini kamaytiriş, salomatlikni mustahkamlaş) yaxşilaş orqali xodimlarning antropometrik körsatkiçlari yaxşilanişiga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş topşirildi.
2021 yil 1 iyuldan boşlab, vazirlik, idora, korxona, taşkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va xodimlarining antropometrik körsatkiçlarini baholaş yölga qöyiladi. Körsatkiçlar reyting asosida tahlil qilinib, natijalarni onlayn kuzatiş tizimi işlab çiqiladi.
Hududlarda ommaviy sport bilan şuğullanuvçilar sonining oşişi, soğlom ovqatlanişi (tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklarni, non mahsulotlarini iste'mol qilişning qisqartirişi), zararli odatlar (alkogol va tamaki)dan voz keçiş yöli bilan kasallikka çaliniş, semizlik va bevaqt vafot etiş körsatkiçlarining kamayişiga qarab, hokimliklar işiga baho beriladi.








