Jamoa bu natijaga “Red Bull” haydovçisi Maks Ferstappen poygalarning 13-bosqiçi - Emiliya-Romanya gran-prisida poygani muddatdan oldin tark etgani hisobiga erişdi.
Ferstappen 51-aylanada şina bilan yuzaga kelgan muammo sababli poygani barvaqt tark etdi.
“Mersedes” poygadan keyin 479 oçko jamğardi. Konstruktorlar kubogida 2-örinni egallayotgan” Red Bull”da esa 226 oçko böldi. Mavsum yakunigaça 4 bosqiç qolgani va “Red Bull” har bir bosqiç uçun eng köpi bilan 44 oçko olişi mumkinligi sababli, “Red Bull” “Mersedes”ga yetib oliş imkonidan mahrum böldi.
“Mersedes” 2014 yildan beri konstruktorlar kubogida ğalaba qozonib kelmoqda. Bu borada avvalgi rekord “Ferrari”ga tegişli bölib, italyan jamoasi 1999 yildan 2004 yilgaça ğoliblikni boşqa jamoaga boy bermagan. Umumiy ğalabalar soni böyiça ham rekord “Ferrari”ga tegişli bölib, uning hisobida 16 ta çempionlik unvoni bor.
Konstruktorlar kubogi.
1. “Mersedes” — 479 oçko
2. “Red Bull” — 226 oçko
3. “Reno” — 135 oçko
4. “Reysing Poynt” — 134 oçko
5. “Maklaren” — 134 oçko












