Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi özining yangi işlanmasi – AirCar uçuvçi avtomobilini namoyiş qildi. Videoda yiğiluvçi ikki qanotga ega bölgan aeromobil qanday qilib yerda yuruvçi texnikadan uçuvçi maşinaga aylanişi hamda AirCar'ning ilk parvozi körsatilgan.
4 kişiga möljallangan AirCar yerda yurgan vaqtida qanotsiz samolyot va giperkar qorişmasiga öxşaydi.
Uçişdan oldin uning «dumi» 60 santimetr orqaga suriladi va qanotlar oçilişi uçun joy ajratiladi. Qanotlar oçilib, havoga kötarilib, “uçiş rejimi”ga ötiş uçun 3 daqiqa vaqt ketadi va bu jarayon töliq avtomatlaştirilgan, buning uçun haydovçi kabinadan ham çiqişi şart emas.
Avtomobilning orqa qismida joylaşgan motor uning harakatlanişi va ikkita yirik parraklarni aylanişini ta'minlaydi. Işlab çiqaruvçilar dvigatelning texnik xususiyatlari hamda avtomobilning qanday tezlikda harakatlanişi (uçiş tezligi ham) rasman oşkor qilinmagan.
Yana bir naşrning xabariga köra, AirCar'ning oğirligi 1,100 kg bölib, havoga kötarilişda özi bilan yana 200 kg qöşimça yuk olişi mumkin. Havoda uçiş davomiyligi 1000 km va soatlik yonilği sarfi 18 litrga yetadi. Aeromobil havoga kötarilişi uçun 300 metr masofa kerak. Şuningdek, uning maksimal tezligi 200 km/soatga yetişi aytilmoqda.
Ma'lum qilinişiça, kompozit materiallar asosida işlangan yengil kuzov va ikkita dvigatel bilan maşina suvda ham harakatlanişi mumkin.
AirCar – Klein Vision kompaniyasining ilk aeromobili emas. Avvalroq kompaniya qanotlarining uzunligi 6 metrga yetadigan AeroMobil nomli maşinani işlab çiqargan edi. U sinov paytida kutilmaganda 300 metr balandlikdan tuşib ketgan, haydovçi katapulta orqali hayotini saqlab qolgan. Şundan söng uşbu loyiha butunlay töxtatilgan edi.














