Slovakiyada işlab çiqarilgan AirCar avtomobil va samolyot gibridi yölovçi bilan birinçi parvozini amalga oşirdi. Auto Evolution portaliga köra, elektron musiqa kompozitori Jan-Mişel Jar transport vositasini sinovdan ötkazgan.
Sportkar va samolyot gibridi parvozga yaroqlilik sertifikatini 2022 yilda olgan edi. Qayd qilinişiça, yoqilği 1000 km parvoz uçun yetadi, şundan söng, yerga qönib, qanotlarni korpus içiga tortib, yöl böylab harakatlaniş mumkin.
AirCar umumiy oğirligi 200 kg vazngaça bölgan ikki kişini taşişi va 300 km/soat tezlikka erişişi mumkin. Muhim jihat şundaki, uçar taksi prototiplaridan farqli ölaroq, bu transformer vertikal ravişda uça olmaydi va qöna olmaydi: unga uçiş-qöniş yölagi kerak. Bundan taşqari, avtomobildan samolyotga aylaniş uçun 2 daqiqa 15 soniya kerak böladi.
AirCar sotuvi bu yilga möljallangan, biroq narxi hali e’lon qilinmagan. Taxminlarga köra, uçar avtomobil narxi 500 ming dollardan 1 million dollargaça bölişi mumkin. Avtomobilni boşqariş uçun uçuvçi guvohnomasi bölişi talab qilinadi.

















