Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi uçar avtomobilda tarixdagi ilk şaharlararo parvozni amalga oşirdi. AirCar deb nomlangan maşina Slovakiyaning Nitra va Bratislava şaharlari örtasidagi 85 kmlik masofani 35 daqiqada uçib ötdi.
Maşinani kompaniya asosçisi Stefan Klyayn boşqargan. Maşina havoda 170 km/soat tezlikka erişgan.
Kompaniya vakillarining ta'kidlaşiça, uçar avtomobilda uçib ötilgan masofani oddiy maşinada bosib ötiş uçun kamida 2 marta köproq vaqt talab qilingan bölardi.
AirCar avtomobil va samolyot gibridi bölib, 160 ot kuçiga ega BMW dvigateli bilan jihozlangan va benzinda işlaydi. Maşina 2500 metr balandlikkaça kötarilib, havoda 190 km/soat tezlikka erişa oladi. Unda favqulodda vaziyatlar uçun ballistik paraşyut közda tutilgan.
Maşina öz içiga 200 kg umumiy oğirlikdagi 2 kişini siğdira oladi. Transformerning havoga kötarilişi uçun uçiş-qöniş yölagi kerak böladi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, AirCar’ni işlab çiqiş uçun 2 yil vaqt va 2 mln yevro talab etilgan. Ayni vaqtda maşina havoda 40 soatga yaqin parvoz qilgan. Sinovlar vaqtida uçar maşinaning barqarorligi optimallaştirilgan.
Hozirda kompaniya maşinaning 300 ot kuçiga ega dvigatelli seriyaoldi prototipini tayyorlaş bilan şuğullanmoqda. U bunday dvigatel bilan havoda 300 km/soat tezlikka erişa oladi va uçiş uzoqligi 1000 kmni taşkil qiladi.
Ayni vaqtda bir neçta yirik avtomobilsozlik kompaniyasi yangi transport turi — “uçar taksi”ni işlab çiqiş bilan şuğullanmoqda. Misol uçun, Hyundai kompaniyasi 2030 yilgaça dunyoning yirik şaharlarida öz uçar taksi xizmatini yölga qöymoqçi. Koreyaliklar bu maqsadda 5–6 yölovçiga möljallangan uçar avtomobillar yaratiş ustida iş olib borişmoqda.

















