«Keça köplab muhim ştatlarda ğolib bölayotgandim. Hatto demokratlar boşqaradigan ştatlarda ham ustunligim sezilarli edi. Keyin möjizaviy tarzda kutilmaganda paydo bölgan byulletenlarni hisoblaş fonida farq asta-sekin yöqola bordi. JUDA ĞALATI. Ekzit-pol ötkazganlar esa barçasi xato bölganini körsatdi», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Bu tvit yozilişi bilan tvitter ma'muriyati uni çalğituvçi post deb belgilab, öquvçilarni ogohlantirdi. Trampning oldinroq ovozlarning soxtalaştirilişi haqidagi yozgan tviti ham şunday «ogohlantiriş olgandi».

Demokrat Jo Bayden oxirgi soatlarda hal qiluvçi ştatlardan ikkitasi Viskonsin va Miçiganda ustunlikka erişayotgani ma'lum böldi. Bu ştatlarni demokratlar boşqaradi. Nevadada ham u ustunlik qilayotgani inobatga olinsa, Bayden bu uçta ştatdagi ğalaba evaziga kerakli 270ta ovozga ega bölişi mumkin. Bu esa Bayden rasman saylovda ğolib bölganini tasdiqlaydi. Agar tomonlardan ikkisi ham kerakli 270ta ovozni töplay olmasa, saylov ğolibini Oliy sud aniqlaydi.