Rossiya razvedkasi koronavirus tabiiy ravişda kelib çiqqan deb hisoblaydi, bu versiyaga qarşi dalillar yöq. Bu haqda Rossiya Taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkin «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Bu (koronavirus) inson qöli va idrokining mahsuli ekanligi töğrisida asosli va işonçli ma'lumotlar yöq. Şuning uçun biz bu tabiiy ravişda kelib çiqqan virus ekanligi haqidagi versiyaga moyilmiz», - dedi Narişkin. 

COVID-19 sun'iy tarzda yaratilgani haqidagi versiya 2020 yil qiş va bahor oylarida tarqaldi. Xususan, uni AQŞ prezidenti Donald Tramp qöllab-quvvatladi. May oyida u koronavirus Uhan virusologiya institutida işlab çiqilganligi töğrisida dalillar borligini ma'lum qildi. Şu bilan birga, AQŞ Milliy razvedkasi COVID-19 laboratoriyada yaratilmagan yoki genetik jihatdan özgartirilmagan, degan xulosaga keldi. 

Öz navbatida, AQŞ Davlat departamenti Rossiyani koronavirus haqida yolğon xabarlar tarqatiş kampaniyasida aybladi. Idora ma'lumotlariga köra, Rossiyaga boğliq bölgan feysbuk, tvitter va instagramdagi akkauntlarda COVID-19 AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi tomonidan iqtisodiy uruş uçun yaratilgan biologik qurol ekanligi töğrisida notöğri axborotlar tarqatildi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova bu ayblovlarni «qasddan taşlaş» deb atadi.

Avvalroq, Janubiy Koreya COVID-19 va mavsumiy grippni aniqlaydigan yagona testni tasdiqlagani ma'lum bölgandi.