Poytaxt hokimligi xabariga köra, uşbu lavozimga hozirga qadar Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari bölib işlab kelgan Ğofur Jamolov tayinlandi.
Ğofur Jamolov 1974 yilda Namangan şahrida tuğilgan, mutaxassisligi iqtisodçi-menejyer. 1997 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Bugunga qadar qator mas'ul vazifalarda işlab kelgan.
Şuningdek, Muxtor Muhiddinov Toşkent şahar hokimi örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

Muxtor Muhiddinov 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi mexanik, siyosatşunos.
Muxtor Muhiddinov hozirgaça Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan.











