«Bu yil narx oşmadi. Aniq aytişimiz mumkinki, 2021 yilda ham narxni oşirmaslik böyiça topşiriq olganmiz. Tannarxga yetkazib oldik yoki yetkazib olmadik, degan savolingizga keladigan bölsak, islohotlardan, transformatsiyadan eng asosiy maqsad – mana şu tannarxni pasaytiriş.

Birinçidan, bizda keyingi yil yangi, tannarxi ança past bölgan energoqurilmalarimiz, energostansiyalarimiz işga tuşib, nisbatan arzonroq energiya işlab çiqariş köpayadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Matbuot anjumanida Şerzod Xöjayev Özbekiston özida elektr yoki gaz işlab çiqarişdan köra, import qiliş arzonga tuşadigan davlatga aylanadimi, deya berilgan savolga ham javob qaytardi.

«Raqamlarga qaraydigan bölsak, eksport hajmi million dollarda hisoblaydigan bölsak, import bilan teppa-teng. Ya'ni biz importçi mamlakatmiz deyişimiz notöğri böladi», dedi vazir örinbosari.