Amerika telekanallari xabariga köra, uşbu ştatda byulletenlarning 98 foizi hisoblab çiqilgan holatda Bayden Trampdan köra 5,5 ming ovoz köp jamğargan - 49,4 foizga 49,3 foiz. Avvaliga uşbu ştatda Tramp yaqqol yetakçilik qilib kelayotgan, sönggi kunda Bayden oradagi farqni qisqartirgandi.

Agar 20 delegat ovoziga ega bölgan Pensilvaniya Baydenda qolsa va Trampning şu va boşqa ştatlardagi natijalarni özgartirişga qaratilgan harakatlari zoye ketsa, demokratlar nomzodi AQŞning yangi prezidenti etib saylanadi.

Hozirgaça Bayden 253 delegat ovoziga ega bölgan, Trampda 214taligiça qolmoqda.

Ayni vaqtda Pensilvaniyadan taşqari yana 5ta ştatda ovozlarni hisoblaş davom etmoqda. Alyaska (3) va Şimoliy Karolinada (15) Tramp ustun kelişi muqarrar, Arizona (11), Nevada (6) va Jorjiyada (16) kuraş qizğin davom etmoqda:

  • Arizonada 90 foizdan ortiq ovozlar hisoblab bölingan, Bayden 1,6 foiz ustunlikka ega;
  • Nevadada 90 foizga yaqin ovozlar hisoblab bölingan, Bayden 0,9 foiz ustunlikka ega;
  • Jorjiyada 99 foiz ovozlar hisoblab bölingan, Bayden bir neça yuz ovoz köproq töplagan.