«Vazir onlayn» videokonferensiyasida Madaniyat vaziri va vazirlik xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan vazirlikka doir xabarlarga oydinlik kiritildi. Şuningdek, vazirlikda kutilayotgan yangiliklar, özgarişlar töğrisida ma'lumotlar berildi.
Videokonferensiyada Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boş prokuror iştirokidagi yiğilişda oşkor etilgan vazirlikdagi korrupsion holatlar yuzasidan berilgan savolga javob qaytardi.
«Avvalo şuni aytiş kerakki, bu hol vazirlik uçun uyatli. Afsuski, men bu voqeadan jinoyat işi oçilgandan söng xabar topdim. Ya'ni tender vaqtida qatnaşmaganman.
Firma tomonidan vazirlikka namuna tarzida toza grim körsatilgan. Lekin teatrlarga oddiy mahsulot yetkazilgan. Bizga teatr xodimlari şikoyat qilişganidan söng jinoyat işi oçildi», dedi vazir.
Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev 7 noyabr kuni ötkazilgan yiğilişda Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari öziga xos jinoiy sxema yaratgani, muqaddam öğirlik va talon-torojlik jinoyatlari uçun 7 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötab çiqqan I. ismli fuqaro 2019 yil fevral oyida vazirlik boş hisobçisi lavozimiga tayinlangani haqida ma'lum qilgandi.
U özining jinoiy rejalariga köra, vazirlik xaridlarini fuqaro K. va uning yaqinlariga tegişli firmalarga beriş uçun 26 ming dollar uluş olgan.
Şundan söng vazirlik tizimidagi teatr, madaniyat uylari va boşqa taşkilotlarga zarur grim mahsulotlari uçun tanişi K.ga tegişli firmalarga 2,6 milliard söm ötkazib berilgan.
Öz navbatida, bu firmalar grim örniga «Örikzor» bozoridan 264 million sömga arzon va sifatsiz kosmetika mahsulotlarini sotib olib, uni grim ekanligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, vazirlikka topşirgan. Vazirlik esa madaniyat muassasalariga umuman kerak bölmagan bu mahsulotlarni grim sifatida soxta hujjat qilib, ularga yetkazib beradi.
«Sxemaga köra, mahsulot narxi hujjatlarda bir neça barobar qimmat körsatilib, 2,3 milliard söm mablağ talon-toroj qilingan», degandi boş prokuror.












